AsosiyDunyo

Perudan qadimiy yog`och haykalchalar topildi

'Perudan qadimiy yog`och haykalchalar topildi'ning rasmi

Peru shimolidagi Chan-Chan arxeologik majmuasida 20 ga yaqin antropomorfik yog`och haykalchalar aniqlandi, deb xabar berdi TASS nashri.

Er ostidan topilgan mazkur haykaltaroshlik namunalarining yoshi taxminan 800 da. Tadqiqotchilarning ta`kidlashicha, ular Chan-Chan majmuasidan hozirgacha topilgan eng qadimiy va noyob buyumlardir. Mitti haykallarning 19 tasi yaxshi ahvolda saqlangan. Haykallarning har bir 70 santimetrni tashkil etadi. Ular qadimiy qabilalar va ularning madaniyati to`g`risida ko`plab yangi ma`lumotlarni berishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar