AsosiyJamiyat

Toshkent metrosi MDHda eng yaxshilaridan biri

Poytaxtimizda MDH mamlakatlari metropolitenlari, ushbu transport turi uchun vagon, turli ehtiyot qism va uskunalar ishlab chiqaradigan yirik sanoat korxonalarini birlashtirgan «Metro» xalqaro assosiasiyasi kengashining majlisi bo`lib o`tdi, deya xabar beradi O`zA
Unda MDH mamlakatlari metropolitenlari o`rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish va rivojlantirish masalasi muhokama etildi.
Tadbirda ayni paytda MDH mamlakatlari metropolitenlari kuniga 16 millionga yaqin yo`lovchi tashiyotgani, bu boradagi yillik ko`rsatkich esa qariyb 5 milliard nafarni tashkil qilayotgani ta`kidlandi.
Tadbir doirasida ishtirokchilar Toshkent yo`lovchi vagonlari qurish va ta`mirlash zavodi faoliyati bilan ham tanishadi.

 

    Boshqa yangiliklar