AsosiyJamiyat

Andijon yoshlari terrorizmga qarshi

Davlatimiz rahbarining joriy yil 6 fevralda qabul qilingan “O`zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan tadbirda Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o`qituvchilari, talaba-yoshlar ishtirok etdi. O`zA shunday xabar bermoqda.
Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimizda yosh avlodni har tomonlama komil insonlar etib tarbiyalash, ularning o`z iste`dod va salohiyatini yuzaga chiqarishi uchun sharoitlar yaratish, milliy mentalitetimizga yot bo`lgan turli oqimlar, xususan, “ommaviy madaniyat” ta`siriga tushib qolishining oldini olish borasida keng ko`lamli ishlar amalga oshirilayotgani ta`kidlandi.
– Shiddat bilan o`zgarib borayotgan bugungi globallashuv davrida ekstremizm, terrorizm, “ommaviy madaniyat” kabi turli illatlar insoniyat taqdiriga jiddiy xavf solmoqda, – deydi “Adolat” sosial-demokratik partiyasi Andijon viloyati kengashi raisi Alisher Shodmonov. – Ayni tadbirni o`tkazishdan ko`zlangan maqsad ham farzandlarimizni ana shu tahdidlardan asrash, ular o`rtasida tushuntirish va targ`ibot ishlarini yanada kuchaytirish, yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasida fikr almashishdir.

 

    Boshqa yangiliklar