Bugun Yangon shahrida Jahon chempionatiga yo`llanma olish uchun chorak final bahslari bo`lib o`tadi.
Ravshan Haydarov boshchiligidagi O`zbekiston terma jamoasi Tayland bilan kurash olib boradi. Bir qarashdan, unchalik nomdor raqib emasdek tuyulishi mumkin. Ammo, Tayland davlatida so`nggi yillarda futbol o`smoqda.
Buni boshqa musobaqalarda ham ko`ryapmiz. Ayniqsa, bu yoshda barcha birdek futbol o`ynay oladi. Natijaga kichik omillar ta`sir ko`rsatadi.
Umid qilamiz, bugun vakillarimiz g`alaba qozonib yarim final masalasini ijobiy hal qilishadi. O`yin Toshkent vaqti bilan soat 17.30da boshlanadi.
Chorak final anonsi bilan tanishing:
| 17.10.2014 | ||||
| 14:00 | BAA | -:- | Myanma | |
| 14:00 | Yaponiya | -:- | KXDR | |
| 17:30 | Tayland | -:- | O`zbekiston | |
| 17:30 | Qatar | -:- | Xitoy | |
Manba: www.uff.uz





