AsosiyDunyo

Putin va Trampning navbatdagi uchrashuvi Parijda bo`lib o`tadi

'Putin va Trampning navbatdagi uchrashuvi Parijda bo`lib o`tadi'ning rasmi

Joriy yilning 11 noyabr kuni Parij shahrida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va AQSh Prezidenti Donald Tramp o`rtasida uchrashuv bo`lib o`tdi.

Bu haqda RIA Novosti axborot agentligi RF rahbari yordamchisi Yuriy Ushakov ma`lumotiga asoslanib xabar berdi.

Davlat rahbarlari uchrashuvini AQSh Prezidentining Milliy xavfsizlik bo`yicha yordamchisi Jon Bolton ham tasdiqlagan.

Mazkur muloqot Birinchi jahon urushi yakuniga etganining 100 yilliga bag`ishlangan tadbir doirasida o`tkaziladi. Muzokaralar davomiyligi prezidentlarning o`zlariga bog`liq bo`ladi.

"Muzokaralarda ikki mamlakat delegasiyasi vakillari ishtirok etadi. Albatta, u erda ikki tomondan ham katta tarkib bo`lmaydi, u tarafdan ham, bu tarafdan ham asosiy vakillar qatnashadi", - deya qo`shimcha qilgan Ushakov.

    Boshqa yangiliklar