Filippinning mashhur Borakay oroli sayyohlar uchun yana qayta ochilishiga tayyorgarlik ko`rilmoqda, deya ma`lum qilmoqda Layf nashri.
Ushbu orol mamlakat prezidenti Rodrigo Dutertening buyrug`iga binoan joriy yilning aprel oyida barcha uchun rasman yopilgan edi. Bunga esa Brokayning tabiati ifloslangani sabab bo`lgan. Bir necha oy davomida hududda tozalash va profilaktika ishlari olib borildi. Sohillardan chiqindilar yig`ib olingan bo`lsa, suv esa begona o`tlardan tozalangan.
Quvurlar ham qayta ta`mirlanib, kanalizasiya suvlarining orolga to`kilmasligi uchun choralar ko`rilgan. 26 oktyabrdan boshlab orol barcha sayyohlar uchun rasman ochiladi. Yog`ingarchilik mavsumi boshlanayotgan bo`lishiga qaramay, bu erga turistlar kelishni boshlashmoqda.






