Ispaniya poytaxti Madrid shahrida qo`ylar to`dasi tansport qatnoviga xalal berib, yo`llarni to`sib qo`ydi, deb xabar qildi Ren.tv nashri.
Fermerlar chorva mollarini qishki yaylovlarga olib borish uchun Madridni kesib o`tishga shahar ma`muriyatidan ruxsat olishgan. Bu jarayon esa qo`ylar paradi sifatida o`tkazildi. Bu vaqtda shaharning asosiy ko`chalari vaqtinchalik yopib qo`yilgan. Minglab qo`ylardan iborat parad shahar aholisi va mehmonlar e`tiborini tortmay qolmadi.






