Afg`onistonda parlament saylovlari yakunlandi, deb xabar bermoqda RIA Novosti nashri.
Mustaqil saylov komissiyasi ma`lumotlariga ko`ra, saylovlarda 3 mln.dan ortiq yoki mamlakatdagi 8,8 mln. saylovchining uchdan bir qismiga yaqini ishtirok etdi. G`azni va Qandahorda xavfsizlik nuqtai nazaridan saylovlar keyinroq bo`lib o`tadi.
Afg`oniston IIV rahbari Vois Ahmad Barmakning ma`lum qilishicha, saylov kunida portlashlar natijasida 28 kishi halok bo`ldi, 100dan ortiq kishi jarohatlandi. Mamlakatda bir kun ichida terakt va qo`lbola bombalar portlashi bilan bog`liq 200 ga yaqin holat qayd etilgan. Mazkur portlashlar uchun javobgarlikni Afg`onistondagi hech bir guruh o`z zimmasiga olgani yo`q.






