Italiya poytaxti Rim shahrida joylashgan "Repubblica" metro stansiyasida ko`ngilsiz hodisa ro`y berdi, deya xabar bermoqda Daily Mail nashri.
Eskalatorning ishdan chiqishi oqibatida 30 kishi jarohat oldi. Ularning aksariyati Moskvaning SSKA futbol klubi muxlislari ekani xabar qilinmoqda. Eskalator yo`lovchilarni tortib ketgan va odamlar jon holatda undan qutulishga urinishgan. Voqea Chempionlar ligasi doirasida SSKA va “Roma” klublari o`rtasidagi uchrashuv oldidan ro`y bergan. Ta`kidlanishicha, jabrlanuvchilardan 7 kishi zambillarda olib ketilgan, ularning ahvoli og`ir. Yana 5 kishi o`rtacha og`irlikdagi jarohat olgan, 18 jabrlanuvchi engil jarohatlar bilan stansiyani o`zi mustaqil tark eta olgan. Mahalliy OAVning ta`kidlashicha, voqea mast holdagi rossiyalik fanatlarning eskalatorda sakray boshlagani sababli sodir bo`lgan.






