Ispaniyaning Madrid shahrida havoning ifloslanishiga qarshi kurash doirasida yangi transport vositalaridan foydalanish joriy etilmoqda, deb xabar bermoqda Layf nashri.
Elektr skuter ham shular jumlasidandir. U o`zidan hech qanday zaharli moddalar ishlab chiqarmaydi va atrof-muhitga hech qanday zarar etkazmaydi. Uni bir kunda bir marotaba elektr yordamida quvvatlantirish lozim. Elektr skuter soatiga 60 km. tezlikda harakatlanadi.
Hozirda ayrim madridliklar o`z avtoulovlarini qo`yib. yangi turdagi skuterda ishga qatnashmoqda. Ular skuterda yurish turli yo`l tirbandliklaridan holi hamda kamchiqim ekanini ta`kidlashayotgan bo`lsa, yana ba`zi haydovchilar unda harakatlanish xavfli ekanini hamda sug`urta zarur ekanini aytishmoqda. Shahar ma`muriyati esa ko`chalarda shu kabi transport vositalari qatnovini tartibga solish choralarini ko`rmoqda.






