AsosiyDunyo

Qora dengizdan qadimiy kema qoldiqlari topildi

'Qora dengizdan qadimiy kema qoldiqlari topildi 'ning rasmi

Angliya va Belgiya arxeologlari hamkorlikda olib borgan ekspedisiyalari natijasida Qora dengizdan qadimiy kema qoldiqlarini topishga muvaffaq bo`lishdi, deya xabar qildi Yandex nashri.

Dengiz ostida 2400 yildan beri saqlanib kelinayotgan kema Gresiyaga tegishli bo`lib, uning uzunligi 23 metrni tashkil etadi. U 2 km. chuqurlikdan topildi. Arxeologlarning ta`kidlashicha, kema shu vaqtgacha suratlar va keramik buyumlardan ma`lum bo`lgan savdo kemalari turiga kiradi. U klassik davrga tegishli. Uni qidirish va topish ishlariga 3 yil ketgan.

    Boshqa yangiliklar