AsosiyDunyo

Peruda 3 ming yillik qabrlar topildi

'Peruda 3 ming yillik qabrlar topildi 'ning rasmi

Arxeologlar Peruning Kuso shahrida joylashgan Markavalle arxeologiya maskanidan 3 ming yillik mozorlarni topishdi, deya xabar bermoqda The Sacramento Bee nashri.

Tadqiqot rahbari Marina Monroroyning ta`kidlashicha, birinchi qabr 20 yoshli yigitga tegishli. Buni tosh qabrlar ichida saqlanib qolgan suyaklardan aniqlashgan. Qolganlarining esa yoshini va jinsini o`rganish ishlari olib borilmoqda. Qabrlarga bezak sifatida tangalar ham tashlangan. Ayrim taxminlarga qaraganda, bu mozorlar qurbonlarning qudug`i bo`lishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar