AsosiyDunyo

Xitoyda avtobus balandligi 60 metr bo`lgan ko`prikdan pastga quladi

'Xitoyda avtobus balandligi 60 metr bo`lgan ko`prikdan pastga quladi'ning rasmi

Xitoy janubidagi Chunsin shahrida yo`lovchi tashuvchi avtobus balandligi 60 metr bo`lgan ko`prikdan daryoga quladi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.

Hodisa oqibatida 2 kishi qurbon bo`lgani xabar qilinmoqda. TASS nashrining bergan xabariga qaraganda, avtobus qarama-qarshi yo`nalishdan kelayotgan mashina bilan to`qnashib ketgan va kuchli zarba tufayli pastga qulagan.

Voqeaning to`liq tafsilotlari o`rganilmoqda. Bortdagi yo`lovchilarning aniq soni hozircha ma`lum emas. Mahalliy polisiya va daryo qutqaruv xizmati qidiruv-qutqaruv amaliyotini boshlagan.

    Boshqa yangiliklar