Peru poytaxti Lima shahrida joylashgan tarixiy binoda yong`in kelib chiqdi, deb xabar berdi Lenta ru nashri.
Alanga boshlanishi bilan ichkaridagi odamlar evakuasiya qilingan. Qurbonlar hamda jarohat olganlar yo`q. Yong`inning kelib chiqish sababi noma`lum. Mazkur bino 20 asrning boshlarida klassik me`morchilik uslubida qurilgan. Olov mazkur binoning deyarli barcha qismini egallab oldi. O`t o`chiruvchilar o`z ishini to`liq yakunlagach, bino tuzilmasi tekshiriladi va ofatning kelib chiqish sababi aniqlanadi. Yong`in gaz sizib chiqishi yoki elektr tutashuvi natijasida ro`y bergani taxmin qilinmoqda.






