AsosiyDunyo

Turkiyada Suriya mojarosini tartibga solish masalalari muhokama etildi

'Turkiyada Suriya mojarosini tartibga solish masalalari muhokama etildi'ning rasmi

Turkiyaning Istanbul shahrida Turkiya, Fransiya, Germaniya va Rossiya etakchilari ishtirokida Suriya mojarosini tartibga solish masalalariga bag`ishlangan to`rt tomonlama muzokaralar bo`lib o`tdi, deb xabar berdi TASS nashri.

Tadbir mezboni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`an to`rt etakchi ishtirokidagi muzokaralar yakunini sermahsul va konstruktiv deb atadi, Erdo`g`anning ta`kidlashicha, Suriyadagi mojaroni bartaraf etish nafaqat jarayon doirasida, shuningdek kengroq formatda hal qilinishi kerak va bugungi sammit buning yaqqol dalili bo`la oladi.

To`rt davlat etakchilari ikki tomonlama hamkorlikni kuchaytirish va xalqaro darajada o`zaro hamjihatlikni mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirishdi. Turkiya prezidenti Suriyadagi mojaroni harbiy yo`l bilan hal qilib bo`lmasligiga urg`u berdi.

    Boshqa yangiliklar