Rossiya prezidenti va AQSh rahbarining uchrashuvidan ko`zlangan maqsad ma`lum bo`ldi, deya xabar qilmoqda TASS nashri.
Bu haqda Kremlning rasmiy vakili Dmitriy Peskov ma`lum qilgan.
Rossiya rahbarining matbuot kotibi ta`kidlashicha, prezidentlar Rossiya-AQSh munosabatlariga oydinlik kiritishadi.
Uchrashuv 11 noyabrda Parijda bo`lib o`tadi.






