AsosiyJamiyat

O`zbekiston Tashqi ishlar vaziri BMT Bosh kotibi o`rinbosari bilan uchrashdi

2014 yil 17 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh kotibi o`rinbosari, BMT Taraqqiyot dasturi boshqaruvchisi Helen Klarkni qabul qildi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Suhbat chog`ida O`zbekiston va BMT hamkorligini yanada chuqurlashtirishning hozirgi holati va ustuvor yo`nalishlari muhokama qilindi.

Shuningdek, Orol dengizi mintaqasida ekologik ofat oqibatlarini yumshatish bo`yicha ikki va ko`p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e`tibor qaratildi.

Uchrashuvda BMT va BMT Taraqqiyot dasturining O`zbekistondagi doimiy vakili Stefan Prisner ishtirok etdi.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar