AsosiyJamiyat

O`zbek oshpazi yana Ginnesning rekordlar kitobiga qirmoqchi

MDH mamlakatlarida mashhur o`zbek oshxonasining oshpazi Hakim G`aniev 2014 yilda ham yana Ginnesning rekordlar kitobiga kirish niyatida, deya xabar beradi uz24.uz nashri.

Aytish kerakki, o`tgan yilning oktyabr oyida oshpaz “Interrekord” Xalqaro rekordlarni ro`yxatdan o`tkazish agentligi ishtirokida Moskvadagi “Qozon” choyxonasida umumiy og`irligi 500 kilogrammga teng bo`lgan dunyodagi eng katta norin tayyorlagan edi.

O`zbekistonning Farg`ona viloyati Marg`ilon shahri farzandi bo`lgan Hakim G`aniev bu safar Minskda yana bir o`zbek milliy taomi − lag`mon tayyorlash bo`yicha rekord o`rnatmoqchi. Buning uchun u yarim sentner go`sht va sabzavotlar, shuningdek, 1 kilometrlik lag`mon xamiri ishlatishni rejalashtirgan.

    Boshqa yangiliklar