Kanadaning Saskachevan provinsiyasi, Redjayn shahrida yashovchi keksa ayol tug`ilgan kunida sovg`a qilingan lotereya chiptasiga million Kanada dollarini yutib oldi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.
“Tug`ilgan kunimda nabiram tug`ilgan kunimga nima sovg`a qilishini istashimni so`radi, - dedi Etel Klarkson (Ethel Clarkson). — Men biror narsa so`rashni xohlamadim, biroz o`ylanib turgach, balki lotereya chiptasini sovg`a qilarsan, deb taklif qildim. Biroq unga yutuq chiqishidan umid qilmagandim”. Klarkson xonim yutuqning ma`lum bir qismiga avtomobil sotib olishni, qolganini qarindosh-urug`lari bilan bo`lishmoqchi ekanligini ma`lum qildi.