Shu kungacha xodimlari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi mumkin bo`lgan 70 ta tashkilot mavjud edi.
Investisiyalar bo`yicha davlat qo`mitasida ishlovchi xodimlar ham Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi mumkinligi belgilandi. Bu haqida Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali ma`lum qildi.
Hukumatning 2018 yil 29 oktyabrdagi qarori bilan Investisiyalar bo`yicha davlat qo`mitasi Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to`g`risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo`lgan davlat organlari va boshqa davlat tashkilotlari ro`yxatiga kiritildi.
Eslatib o`tamiz, Ro`yxatda shu paytgacha 70 ta tashkilot mavjud edi.






