AsosiySport

U-19. Chorak final uchrashuvi. Tayland-O`zbekiston 1:2

Myanma davlatining Yangon shahrida 19 yoshgacha bo`lgan yoshlar o`rtasidagi Osiyo chempionatining chorak final uchrashuvlarining barchasi o`z nihoyasiga etdi.
Ravshan Haydarov boshchiligidagi O`zbekiston terma jamoasi bugun Tayland termasiga qarshi maydonga tushib, 1:2 hisobida g`alabani tantana qildi.

Mazkur g`alaba vakillarimizga musobaqaning yarim finali eshiklarini ochish bilan birga kelasi yili Yangi Zelandiya davlatida o`tadigan Jahon chempionatiga ham yo`llanmani taqdim etdi.
O`zbekiston tarkibida ikki golni ham Zabixullo O`rinboev kiritdi. Taylandning bitta javob goliga 47-daqiqada Samfaodi kiritdi. O`zbekiston bundan yirikroq hisobda g`alaba qozonishi mumkin edi, ammo so`nggi zarbalarda aniqlik etishmadi.
Lekin, futbolchilarimiz muhim natijani ushlab qola olishdi. Shu tariqa O`zbekiston yoshlari mamlakatimiz yutuqlariga Jahon chempionatini taqdim etishdi.

Hammasi uchun rahmat, yigitlar!
AFC U-19, chorak final
Tayland - O`zbekiston — 1:2
Gollar: Samfaodi (47) - Zabixullo O`rinboev (6), Zabixullo O`rinboev (22).
Tayland: Songsanchang Rattanai, Safaodi Chenrop, Kannu Sittichok, Virachat Chaovat, Sukchuai Atxavit, Fonkam Nopfon, Jantum Prasid, Changom Santfarp, Liach Shinnafat, Pinagatafo Suporn, Anmvech Voravut
O`zbekiston: Dilshod Hamroev, Ibrohim Abdullaev, Akramjon Komilov, Doston Tursunov, Javohir Sohibov, Asliddin Abdiev, Otabek Shukurov, Jamshid Boltaboev, Xurshid G`iyosov, Zabihillo O`rinboev, Eldor Shomurodov.

Foto manbasi: https://twitter.com/UzbekistanFF

Manba: www.uff.uz   
 

    Boshqa yangiliklar