AsosiyDunyo

2014 yildan beri butun dunyoda 60 mingga yaqin migrant halok bo`lgan

'2014 yildan beri butun dunyoda 60 mingga yaqin migrant halok bo`lgan'ning rasmi

2014 yildan beri 56 ming 800 nafar qochoq va migrantlar halok bo`lgan yoki bedarak yo`qolgan.

BMTning Xalqaro Migrasiya Tashkiloti surishtiruvlari natijasida 1 oktyabrga qadar halok bo`lgan muhojirlarning 28 ming 500 nafari Evropaga ko`chib bormoqchi bo`lgan.

Hozirgi kunda eng ko`p muhojirlar Janubiy Amerika davlatlari hisobiga to`g`ri keladi. Ayniqsa Venesueladan ketib qolayotgan qochoqlar soni kundan-kunga ortib bormoqda. Shuningdek, Osiyo davlatlari qochoqlari ham juda katta miqdorni tashkil qiladi.

Qochoqlar Afrika davlatlarining azaliy muammosi deyish mumkin. Qancha qurbonlarga qaramay afrikaliklar O`rta er dengizi orqali Evropa tomon suzib o`tishni to`xtatishmayapti va natijada ko`plab muhojirlar dengizga g`arq bo`lib halok bo`lmoqda.

    Boshqa yangiliklar