1

Oliy sud sudyalari Qoraqalpog`istonda sayyor qabul tashkil etdi

Jamiyat 01.11.2018, 18:22
Oliy sud sudyalari Qoraqalpog`istonda sayyor qabul tashkil etdi

O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o`rinbosari Xolmo`min Yodgorov boshchiligida Oliy sud sudyalari Qoraqalpog`iston Respublikasida sayyor qabullar tashkil etdi.

Uch kun davomida qoraqalpog`istonlik sudyalar bilan birga Nukus shahri, Chimboy, Qo`ng`irot, Beruniy tumanlarida fuqarolar qabul qilindi. Ularning murojaatlari tegishli tartibda o`rganib chiqish uchun nazoratga olindi, deb yozmoqda O`zA.

Ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlangan 7 nafar shaxsni tegishli muassasa tomonidan keltirilgan taqdimnoma asosida ularni muddatidan ilgari ozod qilish va tayinlangan jazolarni engilroq jazo turi bilan almashtirish bilan bog`liq materiallar ham ko`rib tamomlandi. 4 nafar shaxsga nisbatan sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog`liq bo`lmagan jazolar tayinlanib, sud zalidan qamoqdan ozod qilindi.

Chimboy tumanida joylashgan “Muruvvat” nogironlar internat uyida xayriya tadbiri o`tkazilib, 215 nafar kishiga xayriya dasturxoni yozilib, ularga kiyim-kechaklar tuhfa etildi.

Ellikqal`a tumanidagi Guldursun ovul fuqarolar yig`inida istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta`minlangan oila vakili Sapargul Shoniyozovaga nogironlik aravachasi topshirildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1