AsosiyDunyo

Xemingueyning chop etilmagan ikki hikoyasi nashr etiladi

'Xemingueyning chop etilmagan ikki hikoyasi nashr etiladi 'ning rasmi

2019 yili atoqli adib Ernest Xemingueyning chop etilmagan ikki hikoyasi nashr etiladi, deya ma`lum qilmoqda Lit-ra.info nashri.

Adibning adabiy merosiga mas`ul bo`lmish Maykl Katakisning aytishicha, 1950-yillar o`rtalarida yozilgan ushbu hikoyalar The Monument (“Monument”) va Indian Country and the White Army (“Hindular mamlakati va oq tanlilar armiyasi”) deb atalib, “Qo`ng`iroq kim uchun chalinmoqda?” romanining navbatdagi qayta nashrini to`ldiradi.

Shuningdek, nashrga avgust oyida Strand Magazine jurnalida ilk bora e`lon qilingan A Room on the Garden Side (“Bog` tomondagi xona”) hikoyasi ham kiritiladi.

    Boshqa yangiliklar