AsosiyJamiyat

Toshkentda noqonuniy qassobxona yopildi

'Toshkentda noqonuniy qassobxona yopildi'ning rasmi

Prokuratura idoralaridan kelib tushgan ma`lumotga ko`ra, Toshkent viloyatida yashovchi shaxs Olmazor tumanidagi xususiy uyda chorva mollarini so`yish bo`yicha noqonuniy ish olib borgan. Bu haqda Toshkent IIBB xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, tekshiruv davomida ushbu uyda 187 kg qo`y go`shti va 247 kg mol go`shti topilib musodara qilindi.

Ushbu fakt asosida Toshkent viloyatining Zangiota tumanida yashovchi 53 yoshli G`ofur Sh.ga nisbatan O`zbekiston Jinoyat kodeksining 186-moddasi (“Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o`tkazish maqsadida ko`zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o`tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko`rsatish”) bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi.

    Boshqa yangiliklar