Karimov Xidir Samatovich Qoraqalpog`iston Respublikasi prokurori lavozimiga tayinlandi. Xidir Karimov shu kunga qadar Navoiy viloyati prokurori lavozimida ishlab kelgan.
Avvalroq Bosh prokuratura Qoraqalpog`iston Respublikasi prokurori lavozimida ishlab kelgan Rahmatov Rashid Nasrulloevich O`zbekiston Respublikasi bosh prokurorining o`rinbosari lavozimiga tayinlanganini xabar qilgandi.






