AsosiyJamiyat

O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi bilan BMT Taraqqiyot dasturi o`rtasida bitim izolandi

O`zbekiston Respublikasi Oliy sudida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining o`rinbosari, BMT Taraqqiyot dasturining rahbari Helen Klark bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.
Uchrashuvda Prezident Islom Karimov tomonidan bayon etilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq yurtimizda huquqiy davlat asoslarini mustahkamlash, sudning mustaqilligini ta`minlash, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so`z yuritildi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Sh.G`oziev davlatimiz rahbari rahnamoligida O`zbekistonda sud-huquq tizimini demokratlashtirish va liberallashtirish borasida izchil islohotlar amalga oshirilayotgani, bu qonun ustuvorligi va qonuniylikni mustahkamlash, inson huquqlarini ta`minlashga xizmat qilayotganini ta`kidladi.
Mamlakatimizda BMT bilan hamkorlikda sud-huquq sohasida ham qator dasturlar, qo`shma loyihalar amalga oshirilmoqda. 2010 yil 16 dekabrda Oliy sud huzuridagi Tadqiqot markazi va BMT Taraqqiyot dasturi o`rtasida Hamkorlik to`g`risidagi memorandum imzolangan. Bugungi kunda o`zaro hamkorlikda “Fuqarolik sudlari ish yurituvini takomillashtirish: samarali sud boshqaruvi” loyihasi bo`yicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Uchrashuvda O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi bilan BMT Taraqqiyot dasturi o`rtasida “O`zbekistonda qonun ustuvorligi sohasidagi sheriklik” qo`shma loyihasini amalga oshirishga doir bitim imzolandi.
BMT Bosh kotibi o`rinbosari mamlakatimizning boshqa vazirlik va idoralarida ham uchrashuvlar o`tkazdi. 

uza.uz

    Boshqa yangiliklar