AsosiyMadaniyat
3110

Murat Yildirim PROlogue kinofestivalining ochilish marosimida qatnashadi

'Murat Yildirim PROlogue  kinofestivalining ochilish marosimida qatnashadi'ning rasmi

O`zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan “O`zbekkino” milliy agentligi, Toshkent shahar hokimligi, Kinematografiyani rivojlantirish markazi, Yosh kinoijodkorlar kengashi, O`zbekiston milliy kinokomissiyasi kabi bir qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etilgan PROlogue IV Xalqaro kinofestivaliga qizg`in tayyorgarlik ko`rilmoqda. Saralash komissiyalari a`zolariPROlogue IV Xalqaro kinofestivali tanlovida ishtirok etish uchun topshirilgan kartinalar bilan tanishib chiqishdi.

Xalqaro saralash tanloviga 289 dan ortiq kino asarlari qabul qilindi. Ular to`liq va qisqa metrajli badiiy filmlar xalqaro tanlovi hamda qisqa metrajli milliy badiiy filmlar tanlovida ishtirok etish uchun ariza topshirishgan.PROlogue kinofestivalida ishtirok etishga 60 dan ortiq mamlakat kinochilari qiziqish bildirishgan.

Ular – Rossiya, Fransiya, Italiya, Qozog`iston, Isroil, Eron, Ukraina, AQSh va boshqalar. Qisqa metrajli va to`liq metrajli filmlar saralash komissiyalari tarkibiga kino olamining nufuzli vakillari kirishgan. Bugungi kunda komissiyalar o`z faoliyatini yakunlamoqda. Ularning so`zlariga qaraganda, yaqin kunlarda saralashdan o`tgan va festivalning tanlov dasturiga kiritilgan kartinalar ro`yxati e`lon qilinadi.

Xalqaro kinofestival avvalgilaridan nimasi bilan farq qiladi?

Kinofestivalning avvalgilaridan asosiy farqi avval bu festival mintaqaviy ko`rinishda o`tkazilgan. Endilikda uning qamrovi ancha kengaydi.Hozirda mazkur festival xalqaro darajada o`tkazilmoqda. Yana bir jihati bu tanlovda bugunga qadar faqat qisqa metrajli filmlar qatnashgan. Bu gal ishtirokchilar to`liq va qisqa metrajli badiiy filmlar xalqaro tanlovi hamda qisqa metrajli milliy badiiy filmlar tanlovi bo`yicha 3 ta nominasiyada bellashishadi.

Qisqa metrajli va to`liq metrajli filmlar saralash komissiyalari tarkibida kino olamidan kimlar qatnashdi?

Saralash jarayonida rejissyor va ssenariy yozuvchisi – Jasur Isxakov, kinotanqidchi – Oybek Kopadze, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artistlar – Ra`no Shodieva va Dilorom Egamberdieva, rejissyorlar – Bahodir Odilov va Kamara Kamalova, operator – Hamidulla Hasanov, telejurnalist – Shoira Raufboeva.

Filmlarni saralashda asosan qaysi jihatlarga e`tibor qaratildi?

Kinofestivalda ishtirok etuvchi filmlarni baholash mezonlarida yoshlar tarbiyasiga ijobiy ta`sir ko`rsatuvchi, ularning dunyoqarashini shakllantirishga xizmat qiluvchi mavzularga alohida e`tibor qaratildi. Asosan, yoshlar, ularning muammolari, oldida turgan qiyinchiliklar, maqsad va burchlariga bag`ishlangan filmlar saralab olindi.

Murat Yildirim ochilish marosimida qatnashadi

Kinofestival doirasida o`zimizni qiziqtirgan savollarga Kinematografiyani rivojlantirish markazi matbuot kotibi Abror Ismoilovdan javob oldik.

“SCORPION” filmida mashhur turkiyalik aktyor Murat Yildirim va rossiyalik aktyor Vyacheslav Razbegaevlar ham qatnashishgandi. Ular film premerasida ham ishtirok etadimi?

Faqatgina Murat Yildirim “SCORPION” filmining premerasida vaPROloguekinofestivalining tantanali ochilish marosimida rafiqasi Imon Albani bilan ishtirok etadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar