AQShning Florida shtatida bir ayolning sog` buyragini adashib olib tashlashdi, deya ma`lum qildi Lenta ru nashri.
Umurtqasidagi og`riqlardan shikoyat qilib kelgan ayolni jarroh Ramoen Vaskez operasiya qiladi va uning sog` buyragini o`simta deb o`ylab olib tashlaydi. Jarrohning xatosi oshkor bo`lgach, bemor ayol uni sudga beradi.
Endilikda Vaskez shifokorlik lisenziyasidan ayrilib, jarimaga tortilishi mumkin.






