Amerikalik jaz trubachisi Roy Xargrouv vafot etdi, deb xabar qildi Gazeta.ru nashri.
Musiqachi 49 yoshda edi. U yurak hurujidan jon bergan.
Roy Xargrouv 1969 yili 16 oktyabrda AQShning Ueyko shahrida tavallud topgan edi. U karerasi davomida 2 marta – 1997 yili va 2002 yili Gremmi mukofotiga sazovor bo`lgan.






