AsosiyJamiyat

Toshkent shahar Planetariysida «Ulug`bek yulduzlari» eksponati ochildi

'Toshkent shahar Planetariysida «Ulug`bek yulduzlari» eksponati ochildi'ning rasmi

Toshkent shahrida joylashgan Planetariyda «Ulug`bek yulduzlari» eksponati ochildi. Bu haqda «Xalq so`zi» nashri xabar berdi.

Unda buyuk alloma Mirzo Ulug`bek hayoti va faoliyati, astronomiyaga oid kashfiyotlari, ilm-fanga qo`shgan ulkan hissasi, shogirdlari davrasida o`tkazgan baxtli onlari tasvirlangan.

Eksponatning ochilishi hamda Toshkent shahar Planetariysi tashkil etilganining o`n besh yilligi munosabati bilan o`tkazilgan marosimda xorijlik mehmonlar, O`zbekistondagi ta`lim muassasalarining professor-o`qituvchilari, yoshlar qatnashdi.

Tadbirda mamlakatda buyuk ajdodlar yodini tiklash, ular yaratgan asarlarni chuqur o`rganishga alohida e`tibor qaratilayotgani ta`kidlandi.

    Boshqa yangiliklar