AsosiyJamiyat

Toshkent xalqaro arbitraj markazining asosiy vazifasi nima?

'Toshkent xalqaro arbitraj markazining asosiy vazifasi nima?'ning rasmi

Joriy yilning 5 noyabrida “O`zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzurida Toshkent xalqaro arbitraj markazini (TIAC) tashkil etish to`g`risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq nodavlat notijorat tashkilot maqomiga ega O`zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Toshkent xalqaro arbitraj markazi tashkil etildi.

Uning asosiy vazifasi:

• turli davlatlarda joylashgan tijorat tashkilotlari o`rtasida yuzaga keladigan nizolarni, xususan, investisiyalar, intellektual mulk va blokcheyn texnologiyalari bilan bog`liq nizolarni xalqaro arbitraj orqali hal etishni tashkil etish hisoblanadi.

Markazga arbitr sifatida O`zbekiston fuqarosi bo`lgan mutaxassislar bilan bir qatorda xorijiy davlatlar fuqarosi bo`lgan malakali arbitrlar ham jalb etilishi mumkinligi belgilandi.

Tomonlarning kelishuviga ko`ra, nizolarni hal etishda Markaz arbitrlari tomonidan boshqa, shu jumladan, xorijiy davlatning huquqi qo`llanishi mumkin.

Markaz qoshida uning faoliyatiga xalqaro standartlarni joriy etishga ko`maklashish maqsadida arbitraj sohasidagi etakchi xalqaro va mahalliy mutaxassislardan, shuningdek, jahonning e`tirof etilgan arbitraj markazlari arbitrlaridan iborat Kuzatuv kengashi tashkil etiladi.

Markazga O`zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi tomonidan, qoidaga ko`ra, etakchi xorijiy xalqaro arbitrajlarda arbitr sifatida ishlash tajribasiga ega shaxslar orasidan tayinlanadigan rahbar boshchilik qiladi.

Qaror bilan, shuningdek, Markaz faoliyatini tashkil etish bilan bog`liq boshqa tashkiliy-texnik tadbirlar belgilab berildi.

    Boshqa yangiliklar