Toshkent viloyatining Qibray tumanida 2018 yil 5 noyabr kuni Do`rmon qishlog`ida yashovchi A.Q.ning uyida yong`in sodir bo`lgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Ko`rilgan choralar natijasida yong`in o`chirilgan. Yong`in natijasida uyning 150 kv.m. maydonda tom, shift va darvozaxonasi hamda uy darvozaxonasida turgan Nexia rusumli avtomashinasi yonib zarar ko`rgan. Jarohat olganlar yo`q.
Yong`in kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






