Mo`g`ulistonning “Selnen” kompaniyasi ustalari tomonidan bunyod etilgan dunyodagi eng baland o`tov "Ginness rekordlari" kitobiga kiritildi.
Qayd etilishicha, o`tov Xangi-Mandal nazorat-o`tkazish punktiga yaqin manzilda o`rnatilgan bo`lib, uning balandligi 14 metrni (uch qavatli uyning o`rtacha balandligi) tashkil etadi. O`tov 1 ming kvadrat metr maydonni egallagan bo`lib, bir vaqtning o`zida 500 kishini sig`dirishi mumkin.
Xorijiy sayyohlarni jalb etish maqsadida bunyod etilgan o`tov juda ulkan bo`lsa-da, an`anaviy 4 ta tirgagichga ega, xolos.