AsosiyJamiyat

«SADAFCO» kompaniyasi prezidenti Qoraqalpog`istonga keladi

'«SADAFCO» kompaniyasi prezidenti Qoraqalpog`istonga keladi'ning rasmi

Joriy yil 17 noyabr kuni Saudiya Arabistoni «SADAFCO» kompaniyasi prezidenti Vut Mattiysning Qoraqalpog`iston Respublikasiga tashrif buyurishi kutilmoqda. Bu haqda Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Axborot xizmati ma`lum qildi.

Mazkur tashrifdan ko`zlangan asosiy maqsad – Qoraqalpog`iston Respublikasi va Saudi Dairy and Foodstuff Company («SADAFCO») kompaniyasi o`rtasida kelajakda investision hamkorlikni yo`lga qo`yishni muhokama qilishdan iborat.

Ma`lumot tariqasida ta`kidlash joizki, Saudiya Arabistoni «SADAFCO» kompaniyasiga 1976 yilda asos solingan. Kompaniya sut va sut mahsulotlarini qayta ishlash bilan shug`ullanadi.

    Boshqa yangiliklar