Iordaniyaning qadimiy yodgorliklarga boy bo`lgan Petra shahrida kuchli yomg`ir yog`ishi natijasida suv toshqini kelib chiqqan. Tabiiy ofat oqibatida 11 kishi halok bo`lgan. Qutqaruvchilar tomonidan 3700 nafar sayyoh Petra shahridan evakuasiya qilingan.
Juma kuni tushdan so`ng Petra shahriga yaqin joylashgan Muso Vodiysida boshlangan kuchli yomg`ir yaqin atrofdagi tog`larda joylashgan suv omborlaridagi suvni to`siqlardan oshib ketishiga sabab bo`lgan.
Toshqin natijasida ko`plab binolar shuningdek, sayyohlik markazlari, mehmonxonalar jiddiy zarar ko`rgan. Hozirda hudud bo`ylab qutqaruv ishlari olib borilmoqda.






