AsosiyJamiyat

Hafta davomida sizni nima kutmoqda?

'Hafta davomida sizni nima kutmoqda?'ning rasmi

12—18 noyabr, 2018 yil.

Hamal

Moliyaviy ahvolingiz yanada yaxshilanadi. Rejalashtirgan xaridlaringizni muvaffaqiyatli amalga oshirasiz. Haftaning ikkinchi yarmida o`zingizni yangi tajribalarda sinab ko`rasiz. Atrofdagilarning sizga nisbatan munosabati ijobiy tomonga o`zgaradi. Yaqinlaringiz bilan ham xushmuomala bo`lishga harakat qiling. Ular bilan birgalikda yangi ish boshlash uchun qulay fursat tug`iladi. Bundan unumli foydalaning.

Savr

Pasport, viza, haydovchilik guvohnomasi va boshqa shunga o`xshash hujjatlarni rasmiylashtirish, ro`yxatdan o`tkazish ishlari bilan band bo`lasiz. Ularni o`z vaqtida hal eting. Aks holda ortiqcha muammo bo`lishi mumkin.

Oila a`zolaringizni ham esdan chiqarmang. Ular bergan va`dalaringiz bajarilishini kutishmoqda. Farzandlaringiz uchun sizning e`tiboringiz muhim ahamiyatga ega ekanligini unutmang.

Javzo

Ko`chmas mulk bilan bog`liq ishlarni amalga oshirish uchun qulay fursat bo`ladi. Ya`ni ta`mirlash, sotish, sotib olish, ijaraga berish kabi ishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirasiz. Natijada, oilaviy buyudjetingiz ancha yaxshilanib, ro`zg`or butlanadi. Eski tanishlaringiz bilan uzilgan rishtalarni tiklaysiz. Ular bilan yangi ishlarni birgalikda amalga oshirishga kirishasiz.

Saraton

Ishlaringizni reja asosida amalga oshirishni o`rganing. Har bir yumushni bajarishda me`yor bo`lishi kerak. Haddan tashqari jismoniy zo`riqish ham salomatlikka putur etkazishini yaxshi bilasiz. Shuning uchun o`zingizni ehtiyot qiling. Hafta oxirida sog`lig`ingiz biroz bezovta qilishi mumkin. Shifokor qabuliga borsangiz zarar qilmaydi. Dam olish kunlari toza havoda sayr qilib, maroqli hordiq chiqaring.

Asad

Yangi loyihalarni tatbiq qilish uchun qulay imkon tug`iladi. Muhim tadbirlarda ishtirok etasiz. Hech ikkilanmay g`oyalaringizni ilgari suravering. Ortiqcha hissiyotlarga berilmay, asosiy maqsadni lo`nda qilib tushuntiring. Shunda rejalaringizni osongina amalga oshirasiz. Ba`zilar atayin qitmir savollar berib, sizni sinashlari mumkin. Ularga ahamiyat bermang. Xotirjam bo`ling, ko`pchilik sizni qo`llab-quvvatlaydi.

Sunbula

Hayotingizda muhim voqealar sodir bo`lishi kutilmoqda. Syurprizlarga tayyor turing. Sevimli mashg`ulotingiz bilan shug`ullanib, vaqtingizni mazmunli o`tkazasiz. Uzoq vaqt yodda qoladigan romantik uchrashuvdan xursand bo`lasiz.

Ishda tartib-intizomga rioya eting. Boshlagan ishingizni oxirigacha etkazib qo`ying. Aks holda o`zingizga ortiqcha tashvish orttirib olasiz. Pulni tejab ishlating.

Mezon

Mo`maygina daromadga ega bo`lasiz. Moliyaviy ahvolingiz sezilarli darajada yaxshilanadi. Pulni sarflashga shoshilmang. Faqat zarur narsalarni xarid qiling. Shundagina pul bilan bog`liq muammolarning oldini olgan bo`lasiz.

Ortiqcha vazndan qiynalyapsizmi? Unda fitnes bilan shug`ullaning. Ham tashqi ko`rinish, ham sog`likka foydasi bor. Natijasi, albatta, sizni xursand qiladi.

Aqrab

Yangi hamkorlar bilan bir nechta foydali shartnomalar imzolaysiz. Bunga har tomonlama tayyor turing. Ba`zilar sizni chalg`itishi mumkin. Ularga aldanib qolmang. Yaqinlaringiz bilan munosabatlarni yaxshilashga harakat qiling. Eski gina-adovatlarni unuting. Ularni eslab kayfiyatni buzmang. Bundan hech qanday naf yo`q. Maqsadga erishish uchun faqat olg`a harakat qilish lozim.

Qavs

Qarzlaringizni o`ylab tinchingiz buzilishi mumkin. Ularni bartaraf etish uchun qulay imkoniyat bo`ladi. Bundan unumli foydalanib qoling. Eski tanishlar bilan uchrashishingiz ehtimoli bor. Bu siz uchun ham foydali, ham yoqimli bo`ladi. Ular bilan birga teatr, kino yoki ko`rgazmalarga tashrif buyurarsiz, balki. Olgan yorqin taassurotlaringiz sizga ijobiy kuch-quvvat berishi aniq.

Jadiy

Mehnatingiz ijobiy samara beradi. Katta miqdorda pul yutug`iga ega bo`lishingiz mumkin. Ishdagi yangi takliflar borasida jiddiy o`ylab ko`ring. Faqat foyda ortidan quvavermasdan o`zingiz uchun ham vaqt ajrating. Muhim sanalarni kutmay, oilaviy bayramlar uyushtiring. Bu bir-biringizga bo`lgan mehringizni yanada oshiradi.

Dalv

Yangi ish boshlash uchun qulay hafta. Hech narsani o`ylamay eng shimarib ishga kirishavering. Omad bu gal siz tomonda! Balki xorijga ijodiy safar uyushtirarsiz. Mo`maygina daromadga ega bo`lib, ko`chmas mulk yoki avtomobil xarid qilarsiz. Axir, bular eng katta orzungiz-ku!

Hut

Turmush-tarzingizni yaxshilashga harakat qiling. Yangi rejalar tuzasiz. Bu kelgusidagi g`alabalar uchun poydevor vazifasini o`taydi. Bildirilgan ishonchni oqlash uchun berilgan topshiriqlarni o`z vaqtida bajarishga harakat qiling. O`zgalar bilan muloqotga kirishganda xushmuomala bo`ling. Aytayotgan so`zingizni o`ylab gapiring. Shunda ziddiyatlarning oldini olgan bo`lasiz. Yana doim xush kayfiyatda bo`lishga intiling.

    Boshqa yangiliklar