AsosiyJamiyat

Poytaxtda doimiy propiska olishi mumkin bo`lgan tashkilotlar ko`payishi mumkin

'Poytaxtda doimiy propiska olishi mumkin bo`lgan tashkilotlar ko`payishi mumkin'ning rasmi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to`g`risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo`lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro`yxatiga qo`shimcha kiritish haqida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 7 oktyabrdagi 336-son qarori bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to`g`risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo`lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro`yxati quyidagi mazmundagi band bilan to`ldiriladi:

“O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi”.

O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o`zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtiradilar.

Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O`zbekiston Respublikasi bosh vazirining o`rinbosari A.A.Abduhakimov, O`zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R.Bobojonov va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori M.M.Karimov zimmasiga yuklatiladi.

Eslatib o`tamiz, avvalroq, Hukumatning 2018 yil 1 noyabrdagi qarori bilan Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to`g`risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo`lgan davlat organlari va boshqa davlat tashkilotlari ro`yxatiga kiritilgan.

Ro`yxatda shu paytgacha 72ta tashkilot mavjud edi.

    Boshqa yangiliklar