AsosiyJamiyat

O`zbekiston fuqarolari Turkiyada 90 kun vizasiz bo`lishlari mumkin

'O`zbekiston fuqarolari Turkiyada 90 kun vizasiz bo`lishlari mumkin'ning rasmi

Turkiya hukumati O`zbekiston fuqarolari uchun vizasiz tartib yanada yaxshilanganini ma`lum qildi.

Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Toyyib Erdog`an 2018 yilning 10 noyabr kuni imzolagan 327-sonli qarorga ko`ra, bundan buyon O`zbekiston Respublikasi fuqarolariga Turkiyada 180 kun davomida ko`pi bilan 90 kun vizasiz qolishlariga ruxsat beriladi.

O`zbekistonliklar shu paytgacha Turkiyada vizasiz 30 kun qolishlari mumkin edi.

    Boshqa yangiliklar