1

O`zbekistonga rossiyalik sayyohlar oqimi 1,3 marta ko`paydi

Madaniyat 12.11.2018, 20:41
O`zbekistonga rossiyalik sayyohlar oqimi 1,3 marta ko`paydi

O`zbekiston 2018 yilning yanvaridan sentyabrigacha 350 ming rossiyalik turistni qabul qilgan, bu o`tgan yilning shu davriga nisbatan 1,3 marta ko`p demakdir. Bu haqda O`zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov mamlakat sayyohlik salohiyatiga bag`ishlab Novosibirskda o`tkazilgan taqdimotda ma`lum qildi, deb yozadi Sputnik.

«To`qqiz oy ichida mamlakatga tashrifchilar soni umuman olganda 3,9 milliongacha ko`paydi. Rossiyadan turistlar soni to`qqiz oyda 350 ming kishiga etdi. O`tgan yili bu ko`rsatkich 270 ming kishiga teng edi», - dedi elchi.

Botirjon Asadovning ta`kidlashicha, O`zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi sayyohlarni jalb qilish bo`yicha faol ish olib bormoqda: shu yilning yanvar sentyabridagina mamlakatda 190 dan ortiq yangi turoperatorlar ishlay boshladi, 2017 yilda esa ularning soni 128 ta edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1