AsosiyDunyo

Parijda Birinchi jahon urushi tugaganining 100 yilligiga bag`ishlangan tadbir bo`lib o`tmoqda

'Parijda Birinchi jahon urushi tugaganining 100 yilligiga bag`ishlangan tadbir bo`lib o`tmoqda 'ning rasmi

Fransiya poytaxti Parijda Birinchi jahon urushi tugaganining 100 yilligiga bag`ishlangan tadbir bilan birga Parij tinchilik forumi ham bo`lib o`tmoqda, deb xabar bermoqda Lenta.ru nashri.

Mazkur tadbirlarda 70 dan ortiq davlat va hukumat rahbarlari qatnashgan. Martabali mehmonlardan iborat delegasiya a`zolari G`alaba darvozasida “Yarashuv kuni”ning 100 yilligiga bag`ishlangan tantanalarda ishtirok etishdi. Unda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`on, Germaniya kansleri Angela Merkel, Buyuk Britaniya Bosh vaziri Tereza Mey qatnashgan.


Xotira marosimi davomida AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan qo`l berib ko`rishdi. Ularning Parijdagi uchrashuvi rasman bekor qilingan bo`lishiga qaramasdan, nonushta chog`ida Tramp va Putin muloqot qilishga muvaffaq bo`lishgan.

    Boshqa yangiliklar