AsosiyJamiyat

O`zMAA axborot mahsulotlarini yoshga oid tasniflash bo`yicha ekspertlar akkreditasiyasini e`lon qiladi

'O`zMAA axborot mahsulotlarini yoshga oid tasniflash bo`yicha ekspertlar akkreditasiyasini e`lon qiladi'ning rasmi

2018 yilning 22 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni ularning sog`lig`iga zarar etkazuvchi axborotdan himoya qilish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”dagi qarori qabul qilindi. Unga ko`ra, O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi axborot mahsulotini ekspertizadan o`tkazish va axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini aniqlash bo`yicha vakolatli davlat organi etib belgilangan.

O`zMAA “Bolalarni ularning sog`lig`iga zarar etkazuvchi axborotdan himoya qilish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunidan kelib chiqib, yoshga oid tasniflash sohasidagi ekspertlarni akkreditasiyadan o`tkazishga arizalar qabuli boshlanganligini e`lon qiladi.

Akkreditasiyadan o`tish maqsadida murojaat qiluvchi jismoniy shaxslar oliy ma`lumotga, maxsus bilimga, jumladan, pedagogika, yosh psixologiyasi, yosh fiziologiyasi, bolalar psixiatriyasi sohalariga oid bilimlarga ega bo`lishi lozim.

Akkreditasiyadan o`tish maqsadida murojaat qiluvchi yuridik shaxslar o`z shtatlarida jismoniy shaxslarga nisbatan qo`yiladigan talablarga javob beradigan kamida uch nafar mutaxassisga yoki ular bilan shartnomaviy munosabatlarga ega bo`lishi talab qilinadi.

Murojaat qiluvchilar yuqorida ko`rsatilgan talablarga mos kelganda O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan ularga bolalar sog`lig`iga zarar etkazuvchi axborot mahsulotlarining eksperti yoki ekspert tashkiloti sifatida yoshga oid tasniflash va ekspertizadan o`tkazish huquqini beruvchi akkreditasiya attestati taqdim qilinadi.

Arizaga arizachining ekspertlarga va ekspert tashkilotlariga qo`yiladigan talablarga mosligini tasdiqlovchi quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

- ekspertning tegishli soha bo`yicha oliy ma`lumoti to`g`risida dipomi nusxasi;

- mutaxassislik bo`yicha ish stajini tasdiqlovchi mehnat daftarchasining nusxasi.

Ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar O`zMAAga arizachi tomonidan bevosita, pochta orqali jo`natish yo`li bilan yoki Internet tarmog`idagi “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali” davlat tizimi yoki Agentlikning rasmiy elektron info@api.uz yoki litsenz@api.uzpochtalariga elektron shaklda taqdim etiladi.

Akkreditasiyadan o`tish uchun to`lov undirilmaydi.

Arizalar hujjatlar qabul qilinganida 30 ish kuni mobaynida Ekspert komissiyasi tomonidan belgilangan talablarga mosligi tekshiriladi hamda taqdim qilingan hujjatlar va suhbat natijalari asosida akkreditasiya qilish yoki rad etish to`g`risida qaror qabul qilinadi.

Batafsil ma`lumot uchun telefon: (71) 244-33-81, 244-57-64

Akkreditasiya qilish to`g`risida

ARIZA

(jismoniy shaxslar uchun)

  1. Familiyasi, ismi va otasining ismi (agar mavjud bo`lsa) ______________________________________________________________
  2. Yashash joyi manzili ________________________________________
  3. Shaxsini tasdiqlovchi hujjat ma`lumotlari __________________________________________________________________
  4. Telefon raqami __________________________________________________________________
  5. Elektron pochta manzili __________________________________________________________________
  6. Ekspertizadan o`tkazilishi rejalashtirilgan axborot mahsulotining turi _________________________________________
  7. Oliy ma`lumotga egaligini tasdiqlovchi hujjatlarning rekvizitlari _________________________________________________
  8. Ish joyi __________________________________________________
  9. Ish staji __________________________________________________
  10. Qo`shimcha ta`limga egalik to`g`risida ma`lumotlar __________________________________________________________________
  11. Ilova qilingan hujjatlar ro`yxati___________________________________________________________________

Imzo

_____________________________________________________________________________


Akkreditasiya qilish to`g`risida

ARIZA

(yuridik shaxslar uchun)

  1. To`liq nomi ___________________________________
  2. Qisqartirilgan nomi (agar mavjud bo`lsa) ______________________
  3. Tashkiliy-huquqiy shakli ___________________________________
  4. Joylashgan manzili ___________________________________
  5. Telefon raqami ___________________________________
  6. Elektron pochta manzili ___________________________________
  7. Oliy ma`lumot va maxsus bilimlarga ega ekspertizadan o`tkaziuvchi mutaxassislarning soni ________________________________
  8. Mutaxassislarning oliy ma`lumotga egaligini tasdiqlovchi hujjatlarning rekvizitlari __________________________________
  9. Mutaxassislaning ish staji ________________________________
  10. Mutaxassislarning qo`shimcha ta`lim olganliklari to`g`risida ma`lumotlar ___________________________________
  11. Ekspertizadan o`tkazilishi rejalashtirilgan axborot mahsulotining turi ___________________________________

Ilova qilingan hujjatlar ro`yxati____________________________________

Yuridik shaxs

rahbarining imzosi

    Boshqa yangiliklar