Toshkent viloyatining Angren shahrida 2018 yil 12 noyabr kuni noma`lum haydovchi aniqlanmagan avtomashinani Appartak mahallasida joylashgan “Mubina Oil” AYoQSh oldida haydab ketayotib piyoda, shu mahallada yashagan U.A.ni urib yuborib voqea joyidan ketib qolgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Natijada U.A. jarohat olib voqea joyida vafot etgan. Ushbu yo`l-transport hodisasini sodir etgan noma`lum haydovchini aniqlash va ushlash choralari ko`rilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






