AsosiyJamiyat

FHDYo arxiv hujjatlarini qo`lda izlashdan voz kechiladi

'FHDYo arxiv hujjatlarini qo`lda izlashdan voz kechiladi'ning rasmi

Davlat xizmatlari agentligi delegasiyasi hujjatlarni raqamlashtirish uchun professional uskunalar ishlab chiqaruvchi mashhur kompaniya “MICROBOX GmbH”ga tashrif buyurdi.

Ish safarining asosiy maksadlari ichida — davlat xizmatlari sohasini raqamlashtirish borasidagi ikki mamlakat vakolatli organlari o`rtasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish, zamonaviy skanerlarni boshqarish uchun o`quv mashg`ulotlari, shuningdek, arxiv ma`lumotlarini raqamlashtirish jarayonini tezlashtirish bo`yicha takliflarni ishlab chiqish. Bundan tashqari, mamlakatimizga zamonaviy skanerlash uskunalarini etkazib berishga alohida e`tibor qaratilmoqda.

Davlat xizmatlari agentligi tashkil etilgan kunidanoq o`zini innovasion jarayonlarini harakatlantiruvchi kuch sifatida namoyon qildi. Shu bois, Davlat xizmatlari markazlari tizimida yangi — arxivarius lavozimini joriy etish hisobiga FHDYo organlari arxiv hujjatlarini taqdim etish jarayonida ularni qo`lda izlashdan voz kechish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, 2022 yil 1 yanvarga qadar avtomatlashgan “FHDYo yagona elektron arxivi” tizimini shakllantirish rejalashtirilgan.

“MICROBOX GmbH” tomonidan taqdim etilayotgan professional echimlar dunyodagi eng yaxshilar qatoriga kiradi. Mutaxassislarning aytishicha, mazkur uskunalar raqamli arxivlarni yaratish bo`yicha deyarli hamma vazifalarni bajarishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar