AsosiyJamiyat

O`zbekistonlik talaba Mavlid oyi munosabati bilan o`tkazilgan musobaqada g`olib bo`ldi

'O`zbekistonlik talaba Mavlid oyi munosabati bilan o`tkazilgan musobaqada g`olib bo`ldi'ning rasmi

Kirib kelgan Mavlid oyi munosabati bilan Checheniston Davlat universitetida fakultetlararo islomiy musobaqa tashkil qilindi. Bu haqda muslimaat.uz nashri xabar berdi.

Musobaqada jami 10 ta fakultetdan 4 tadan ishtirokchi qatnashib, talabalarning Qur`onga va Payg`ambar alayhissalomning siyratlariga doir, sahobalar hayoti hamda hadislarga oid bilimlari sinab ko`rildi.

Natijada Tibbiyot instituti talabalari boshqa fakultetlar talabalaridan g`olib kelib, birinchi o`rinni qo`lga kiritishgan.

Quvonarlisi, mazkur Tibbiyot instituti jamoasini yurtimizdan borgan o`zbek talabalari tashkil qiladi. Ta`kidlash joizki, o`zbekistonlik 1-kurs talabasi Odil Rahimov Doniyor o`g`li 1-o`rinni oldi. Barcha g`oliblar faxriy yorliq hamda Mushaf bilan mukofotlanishgan.

    Boshqa yangiliklar