AsosiyJamiyat

"O`zbektelekom": YouTube yaxshi ishlasa, bizga foyda

'"O`zbektelekom": YouTube yaxshi ishlasa, bizga foyda'ning rasmi

O`zbekistonda "YouTube" videoxostingi faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarga "O`zbektelekomning aloqasi yo`q. Bu haqda kompaniya murojaatlar bo`limi xodimi Bobur Abdullaev O`zAga bergan intervyusida ma`lum qildi.

Agentlikdan xabar berishlaricha, "YouTube" bilan bog`liq muammolar yuzasidan O`zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligidan aniq ma`lumot va izoh olib bo`lmagan.

"O`zbektelekom" kompaniyasi murojaatlar bo`limi xodimi Bobur Abdullaev esa "YouTube"ning ishlamasligida "O`zbektelekom" aybdor emasligi, tarmoqda muammo yo`qligini aytib o`tgan.

"Foydalanuvchilar eng ko`p internet trafigini "YouTube"dan foydalanish uchun sarflaydi. Shu bois uning yaxshi ishlashi bizga foyda keltiradi. Qolaversa, kompaniyamiz videoxosting ishiga ta`sir ko`rsatish uchun rasmiy huquqqa ega emas", - deb aytgan Bobur Abdullaev.

O`zbekiston "YouTube" videoxostingi sahifalarining yuklanishi, beqaror ishlashi bilan bog`liq muammo oktyabr oyidan beri kuzatilmoqda. O`zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarni rivojlantirish vaziri o`rinbosari Olimjon Umarovning so`zlariga ko`ra, bu muammolar noyabr oyi oxirigacha davom etishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar