AsosiyJamiyat

YHXB inspektorini urib yuborib, qochib ketgan xaydovchi qo`lga olindi

'YHXB inspektorini urib yuborib, qochib ketgan xaydovchi qo`lga olindi'ning rasmi

Toshkent shahrining Olmazor tumanida 11 noyabr kuni Toshkent shahar IIBB YHXB inspektori, safdor I.E. Keles yo`li ko`chasida joylashgan “Keles” YPX maskanida xizmat olib borayotgan vaqtida shu erda harakatlanib kelayotgan Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi, M.S. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashinasiga to`xtash ishorasini berganida haydovchi xodimning qonuniy talablariga bo`ysunmay uni urib yuborib voqea joyidan yashiringan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko`ra, natijada safdor I.Ergashev jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan.

Ko`rilgan choralar natijasida M.S. ushlangan. Mazkur xolat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar