AsosiyJamiyat

Shaharsozlik normalari takomillashtiriladi

'Shaharsozlik normalari takomillashtiriladi'ning rasmi

Qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan 2018 yil 1 dekabrdan boshlab:

  • barcha qurilish ob`ektlari loyihalarining smeta qismi majburiy tartibda ekspertizadan o`tkaziladi (investisiyalar hisobiga amalga oshiriladigan qurilishlar bundan mustasno);
  • qurilishi tugagan ob`ektlarni foydalanishga qabul qilish qurilish sohasidagi nazorat inspeksiyasi, kadastr organlari, buyurtmachi, pudratchi vakillari ishtirokida amalga oshiriladi;
  • shuningdek, “fast-track” usuli (bir vaqtning o`zida loyihalashtirish, harid qilish va qurish) bilan “tayyor holda topshirish” shartlari asosida loyihalar amalga oshiriladi.

2019 yil 1 yanvardan boshlab:

  • loyihalash va qurilish faoliyatini amalga oshirish uchun Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotiga a`zo davlatlar tomonidan berilgan sertifikatlar va boshqa hujjatlar tan olinadi; Ma`lumot uchun: Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti – 1961 yilda iqtisodiy taraqqiyot va jahon savdosini rivojlantirish uchun tashkil etilgan hukumatlararo iqtisodiy tashkilotdir. Tashkilotga bugungi kunda 36 ta davlat a`zo.
  • qurilish uchun er uchastkalarini vaqtida ajratmaslik yoki noto`g`ri ajratish natijasida yuzaga kelgan xarajatlar mahalliy byudjetlar mablag`i hisobidan qoplanadi;
  • milliy qurilish normalari va qoidalari xorijiy normativ-texnik hujjatlarga tanlov asosida moslashtiriladi.

2019 yil 1 martdan boshlab:

  • malakaga ega bo`lishi majburiy bo`lgan mutaxassislarni sertifikatlash O`zbekiston muhandislar-konsultantlar uyushmasi tomonidan amalga oshiriladi;
  • loyihalashni amalga oshirishga shtatida sertifikatga ega va doimiy ishlaydigan kamida ikkita muhandis mavjud bo`lgan yoki O`zbekiston muhandislar-konsultantlar uyushmasi a`zosi bo`lgan yuridik shaxslargaruxsat etiladi.

2020 yil 1 yanvardan uy-joy qurilish ob`ektlari energiya-samarador va energiya-tejamkor uskunalar bilan majburiy jihozlanishi lozim, BREEAM (binolar samaradorligini ekologik baholash usuli) va LEED (energiya-samarador va ekologik loyihalashtirish bo`yicha qo`llanma) standartlari bo`yicha sertifikatlarga ega ob`ektlar bundan mustasno.

Bundan tashqari, qurilish sohasini texnik tartibga solishning normativ bazasi quyidagi bosqichlarda isloh qilinadi:

  • tayyorgarlik davri (2019-2021 yillar) – geologik, tabiiy-iqlim, seysmologik xususiyatlarni inobatga olgan holda milliy qurilish normalari qayta ko`rib chiqiladi va xorijiy normativ-texnik hujjatlarga moslashtiriladi;
  • o`tish davri (2022-2026 yillar) – moslashtirilgan norma va qoidalar amaliyotda qo`llaniladi, qurilish sohasiga innovasiyalar joriy etiladi;
  • yakuniy davr (2027-2028 yillar) – qurilish sohasining yagona normativ bazasi yaratiladi.

2019 yil 1 martga qadar quyidagilar bo`yicha taklif kiritiladi:

  • xorijiy kompaniyalarni jalb etgan holda O`zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan va mamlakat hududiga ilk bor olib kiriladigan qurilish asbob-uskunalari, texnikasi, materiallari va buyumlarini sertifikatlaydigan sinov laboratoriyalarini tashkil etish.
  • davlat organlarida idoraviy ob`ektlarni qurish va rekonstruksiya qilish, kapital va joriy ta`mirlash bo`yicha buyurtmachi funksiyalarini bajaruvchi tarkibiy bo`linmalar tashkil etish;
  • hisoblangan qiymati tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga nisbatan oshib ketgan qurilish ob`ektlarini moliyalashtirish tartibini aniqlash;
  • mamlakatning har bir hududida yirik ixtisoslashtirilgan qurilish-pudrat tashkilotlarining faoliyatini tashkil etish.

Bundan tashqari, Farmon bilan Qurilish normalari va qoidalari Adliya vazirligidan majburiy tartibda ro`yxatdan o`tishi lozimligi belgilandi. Qurilish vazirligiga 2019 yil 1 mayga qadar Shaharsozlik kodeksining yangi tahririni ishlab chiqish vazifasi yuklandi.

    Boshqa yangiliklar