AsosiyJamiyat

«Wunderkinds in Kungirad» bolalarni bag`riga oldi

'«Wunderkinds in Kungirad» bolalarni bag`riga oldi'ning rasmi

Davlatimiz rahbarining maktabgacha ta`lim tizimini rivojlantirishga qaratayotgan alohida e`tibori natijasida Qoraqalpog`iston Respublikasida ham zamonaviy bolalar bog`chalari bunyod etilmoqda.

Qo`ng`irot tumanida davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil qilingan «Wunderkinds in Kungirad» maktabgacha ta`lim muassasasi shulardan biri.

Tumanda foydalanilmay turgan bino «nol» qiymatda olinib, «O`zsanoatqurilishbank»ning imtiyozli krediti evaziga zamonaviy ta`mirlandi. Bolalarni qiziqtiradigan, dunyoqarashini boyitadigan o`yinchoqlar bilan jihozlandi.

Bog`chaga 90 dan ziyod bola qamrab olingan. Ularning yaxshi ta`lim-tarbiya olishi, to`g`ri ovqatlanishi, jismoniy mashg`ulotlar bilan shug`ullanishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Bolalarga rus, ingliz tillari interfaol usullar orqali o`rgatiladi.

Farzandlarimizni bolaligidan sog`lom, aqlli qilib tarbiyalasak, ertaga maktabga bilimli yoshlar keladi. Maktabni o`quvchilar har tomonlama bilimli bo`lib bitirsa, institutlarimizga ilm-ma`rifatli, ma`naviyatli yoshlar boradi, mamlakatimiz uchun yaxshi kadrlar etishib chiqadi. Shuning uchun maktabgacha ta`lim doim diqqatimiz markazida bo`lishi kerak, dedi Shavkat Mirziyoуev.

Prezidentimiz mutasaddi rahbarlar va bog`cha xodimlariga tegishli tavsiyalar berdi.

    Boshqa yangiliklar