AsosiyJamiyat

"Vaqf" fondi Islom banki bilan hamkorlik qiladi

'"Vaqf" fondi Islom banki bilan hamkorlik qiladi'ning rasmi

Islom taraqqiyot bankining islomiy moliyalashtirish bo`yicha departament direktori Vosim Abdulvahhob boshchiligidagi delegasiya Diniy idorada tashrif buyurdi.

Vosim Abdulvahhob “Vaqf” xayriya jamoat fondi rahbari Iskandar Xalilov bilan muloqot o`tkazdi, deya xabar bermoqda Fond matbuot xizmati.

Mehmonlarga “Vaqf” fondi tashkil etilishi, maqsad va vazifalari, amalga oshirilayotgan xayriya tadbirlari hamda tashkiliy ishlar haqida batafsil ma`lumot berildi.

V.Abdulvahhob janoblari “Vaqf” fondi tomonidan olib borilayotgan ishlarga katta baho berib, O`zbekistonda islomiy moliyalashtirish va “Vaqf” qonunchiligini ishlab chiqishga yaqindan ko`mak berishlarini alohida qayd etdi.

Islom taraqqiyot banki vakillari, yurtimizdagi bank va moliya mutaxassislari, “Vaqf” fondi rahbarlari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan mana shunday amaliy hamkorlik ishlari, albatta, o`zining ijobiy samarasini beradi, deya aytilgan xabarda.

photo5435950561506732367.jpg

    Boshqa yangiliklar